O'qituvchilar uchun: darsda sun'iy intellektdan foydalanish
Sun'iy intellekt vositalarini dars jarayonida qanday samarali va mas'uliyat bilan qo'llash mumkin — amaliy g'oyalar.

Mundarija
SI vositalari o'qituvchining vaqtini tejash va o'quvchilarning qiziqishini oshirishga yordam beradi. Muhimi — ulardan maqsadli foydalanish.
Qayerda foydali?
- Dars rejasi va savollar uchun g‘oyalar tayyorlash
- Murakkab mavzuni oddiy tilda tushuntirish variantlari
- O‘quvchilarga individual mashqlar tuzish
Nimalarga e’tibor berish kerak?
- Natijalarni doim tekshirish
- Shaxsiy ma’lumotlarni kiritmaslik
- O‘quvchilarni SI dan tanqidiy foydalanishga o‘rgatish
SI tomonidan yaratilgan materialni o‘quvchilarga berishdan oldin mazmunan tekshiring.
Amaliy dars stsenariysi
- Kirish (5 daq.) — o‘quvchilardan SI qayerda uchrashini so‘rang.
- Tadqiqot (15 daq.) — juftliklarda SI’dan mavzu bo‘yicha tushuntirish so‘rashadi.
- Tekshiruv (15 daq.) — javobni darslik bilan solishtirib, xatolarni topishadi.
- Muhokama (10 daq.) — SI qayerda foydali, qayerda xato qildi?
O‘qituvchi vaqtini tejash usullari
- Dars rejasi va topshiriqlarning birinchi loyihasini tayyorlash
- Turli darajadagi o‘quvchilar uchun mashqlarni moslashtirish
- Test savollari va baholash mezonlarini tuzish
- Ota-onalarga xabarlar matnini tahrirlash
Qoidalar
- SI natijasini har doim o‘zingiz tekshiring.
- O‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini kiritmang.
- SI’dan foydalanilgan topshiriqlarda buni ochiq ko‘rsatishni talab qiling.
Batafsil tavsiyalar “Metodik yordam” bo‘limidagi PDF qo‘llanmada.


