Python'da birinchi dastur: 10 daqiqada
Python'ni o'rnating, birinchi dasturingizni yozing va o'zgaruvchilar bilan tanishing. Qadamma-qadam qo'llanma.

Mundarija
Python — o'rganish uchun eng qulay dasturlash tillaridan biri. Quyida birinchi dasturingizni yozishgacha bo'lgan yo'lni ko'rib chiqamiz.
1-qadam: Python'ni o'rnatish
Rasmiy python.org saytidan so'nggi versiyani yuklab oling. O'rnatish vaqtida Add Python to PATH belgisini yoqing.
2-qadam: Birinchi dastur
1print('Salom, dunyo!')
Faylni saqlang va terminalda python salom.py buyrug'ini bajaring.
3-qadam: O'zgaruvchilar
1ism = input('Ismingiz: ')2yosh = int(input('Yoshingiz: '))34print(f'Salom, {ism}! Keyingi yil siz {yosh + 1} yoshda bo‘lasiz.')
Tabriklaymiz! Siz ma’lumot kiritish, o‘zgaruvchi va formatlangan chiqarishni ishlatdingiz.
Keyingi qadamlar
- Shart operatorlari (if/else)
- Sikllar (for, while)
- Funksiyalar
Keyingi qadam: shart va sikl
Dastur qaror qabul qilishi uchun if, amallarni takrorlashi uchun esa for ishlatiladi:
1ball = int(input("Ballingizni kiriting: "))2if ball >= 86:3 print("A'lo!")4elif ball >= 71:5 print("Yaxshi")6else:7 print("Yana harakat qiling")89for i in range(1, 6):10 print(i, "- qadam")
Ko‘p uchraydigan xatolar
- IndentationError — chekinish noto‘g‘ri. Python’da bloklar 4 ta probel bilan ajratiladi.
- NameError — o‘zgaruvchi nomi xato yozilgan yoki e’lon qilinmagan.
- TypeError — satr va sonni qo‘shishga urinish:
"5" + 3.
Mustaqil topshiriqlar
- Foydalanuvchi yoshini so‘rab, 10 yildan keyin necha yoshda bo‘lishini chiqaring.
- Kiritilgan sonning juft yoki toqligini aniqlang.
- Karra jadvalini for sikli yordamida chiqaring.


